AsosiyJamiyat

“MAXAM-CHIRCHIQ” AJga nisbatan ish qo`zg`atildi

'“MAXAM-CHIRCHIQ” AJga nisbatan ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Raqobat qo`mitasi tomonidan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJda ishlab chiqarilgan mineral o`g`it mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ xujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarini asossiz oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan. Bu haqda Qo`mita matbuot xizmati xabar qildi.

Natijada, mineral o`g`it mahsulotlari narxlari o`rtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab bo`lgan.

 Yuqoridagilarga ko`ra, Raqobat qo`mitasi tomonidan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJga nisbatan O`zbekiston Respublikasi “Raqobat to`g`risida”gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari bo`yicha ish qo`zg`atildi.

Shuningdek, ushbu omil qishloq xo`jaligi korxonalari (klaster, fermer, dehqon va boshqalar)ga  bevosita ta`sir qilib, qishloq xo`jaligi mahsulotlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin.

Qo`zg`atilgan ish o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqilib, qaror qabul qilingandan so`ng qo`shimcha axborot beriladi.


 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar