AsosiyJamiyat

Rossiyaga ishlash uchun borgan fuqarolarning berilmayotgan maoshlari tartibga solinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh o`zbekistonlik mehnat migrantlarining Tashqi mehnat migrasi...

'Rossiyaga ishlash uchun borgan fuqarolarning berilmayotgan maoshlari tartibga solinadi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh o`zbekistonlik mehnat migrantlarining Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Andijon viloyati filiali orqali Rossiyaga ishlash uchun borgani, ammo va`da qilingan oylik maoshlari berilmayotgani haqida murojaati tarqaldi.

Rossiyadagi bir guruh O`zbekiston fuqarolarining yo`llagan murojaati yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Agentlik axborot xizmati ma`lum qilishicha , Cherkessk shahridagi “Yujny” agrokombinati korxonasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar murojaatiga asosan ularning muammolarini o`rganish maqsadida joriy yilning 14-16 iyul kunlari Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ishchi guruhi ushbu korxonaga tashrif buyurgan.

 Tashrif doirasida ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan fuqarolar bilan ham uchrashilgan.

O`rganishlar natijasida mazkur korxonada 2019 yildan buyon 46 nafar samarqandlik yurtdoshlarimiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani, 2021 yilda yana 109 nafar andijonlik O`zbekistonlik fuqarolar ish boshlagani ma`lum bo`lgan.

Ish beruvchi korxona rahbariyati bilan mehnat migrantlarining yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash, oylik maoshlarini o`z vaqtida berish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish bo`yicha kelishuv dalolatnomasi rasmiylashtirilgan.

Hozirgi vaqtda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan yuqoridagi murojaat nazoratga olingan.

Boshqa yangiliklar