1

Taniqli tarjimon Nizom Komil 84 yoshida olamdan o`tdi

Jamiyat 24.07.2021, 22:29
Teglar: Tarjimon, Nizom Komil
Taniqli tarjimon Nizom Komil 84 yoshida olamdan o`tdi

O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, taniqli tarjimon Nizom Komilov 84 yoshida olamdan o`tdi.  

  U 1937 yilning 12 dekabrida Namangan viloyati Chust tumanida ziyoli oilada tug`ilgan. 1960 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Dastlab "Yosh gvardiya" ( hozirgi “Yangi asr avlodi”) nashriyotida muharrir, bo`lim mudiri, shundan so`ng, turli yillarda G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyotda muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir o`rinbosari, “O`zbekfilm” kinostudiyasida muharrir bo`lib mehnat qilgan.

 "Nizom Komilov zahmatkash tarjimon edi. U sermazmun ijodiy faoliyati davomida milliy adabiyotimizga, uning uzviy qismi bo`lgan badiiy tarjima sohasiga salmoqli hissa qo`shdi. U Nodar  Dumbadzening “Abadiyat qonuni”, “Oq bayroqlar” romanlari, “Kukaracha” qissasi, Erix Mariya Remarkning “Uch og`ayni”, “Esizgina yoshligim” romanlari, shuningdek, A.Belyaev, I.Shou, J.Simenon, A.Gaydar, D.Veys, F.Iskandar va boshqa adiblarning ko`plab asarlarini o`zbek tiliga mahorat bilan o`girdi. Adibning ijodiy yutiqlari minglab kitobxonlarning samimiy e`tirof va ehtiromiga sazovor bo`ldi.", — deyiladi O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabarida.

  Nizom Komilov 1997 yili “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1