Uzbekistan Airways Gruziyaga parvoz qilishni rejalashtirayotgan yo`lovchilar uchun muhim xabarni e`lon qildi.
Unda quyidagi talablarni bajarishlari kerakligi aytilgan:
- PZR usuli bilan yangi koronavirus infeksiyasining mavjud emasligi uchun testdan o`tish. Sinov Gruziyaga kelishidan 72 soat oldin amalga oshirilishi va ingliz tilida to`ldirilishi kerak. Ushbu talab 10 yoshgacha bo`lgan bolalarga qo`llanilmaydi.
Test oldindan tasdiqlanishi va ushbu havoladan ro`yxatdan o`tkazilishi kerak.
2. Parvozdan oldin yo`lovchilar ushbu havoladagi onlayn-shaklni to`ldirishlari talab etiladi.
Ushbu shakl parvozga ro`yxatdan o`tkazishda mobil telefonga yuklangan bo`lishi yoki yo`lovchining qo`lida bosma shaklda bo`lishi kerak.
Talablarni bajarmagan yo`lovchilarga Toshkent – Tbilisi qatnoviga RUXSAT BERILMAYDI.
Istisno:
• Gruziya fuqarolari
• COVID-19ga qarshi emlashning to`liq kursini tugatgan va qo`llarida emlashning ingliz tilida tasdiqlangan sertifikati bo`lgan yo`lovchilar.⠀
Aloqa-markazi raqami: +998 78 140 02 00 (kechayu kunduz).