FVVning xabar berishicha, qutqaruvchilari tomonidan Olmazor tumanidagi oshxonalardan birida yuzaga kelgan yong`in bartaraf etilgan.
Ma`lum bo`lishicha, bugun, 26 iyul kuni soat 13:14da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmazor tumani Ahmad Donish ko`chasida joylashgan «Zamondosh» oshxonasida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushadi.
Qisqa vaqt ichida Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5 ta yong`in-qutqaruv guruhi voqea joyga jalb etiladi.
Binoning taxminan 400 kv.metr maydoni yong`indan zararlangan. Yong`in soat 13:33da o`rab olinib, soat 14:31 batamom o`chirilgan.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati etib borgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmagan.






