AsosiySiyosat

Bitta hujjat 46 ta tashkilotning 600 ga yaqin hujjatlariga o`zgartirish kiritdi — Adliya vaziligi

'Bitta hujjat 46 ta tashkilotning 600 ga yaqin  hujjatlariga o`zgartirish kiritdi — Adliya vaziligi'ning rasmi

Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha,  mazkur Qonunning qabul qilinishi amaldagi 800 ta idoraviy hujjatga yoki bugungi kunda amalda bo`lgan jami idoraviy hujjatlarning 64 foiziga o`zgartirish kiritilishini taqozo etgan. 

Shu sababli, qonunchilikning o`zaro muvofiq holatda bo`lishini o`z vaqtida sifatli ta`minlash, qolaversa ortiqcha ovoragarchiliklarga yo`l qo`ymaslik vaqt hamda resurslar sarfining oldini olish va albatta davlat organlari xodimlariga bu borada engillik yaratish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan yuqoridagi hujjatlarga o`zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi 2 ta hujjat loyihasi ishlab chiqilgan.

Ushbu hujjatlardan biri kuni kecha davlat ro`yxatidan o`tkazilgan va bu orqali 46 ta vazirlik va idoraning amaldagi 569 ta idoraviy hujjatlariga o`zgartirishlar kiritilib, “Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi Qonunga muvofiqlashtirilgan.

"Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son Farmoni bilan Adliya vazirligiga amaldagi barcha idoraviy hujjatlarga o`zgartirishlar kiritish huquqi berilgan bo`lib, ushbu o`zgartirishlar aynan bir xil masalada va texnik ko`rinishda bo`lishi lozim.", deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, hozirgi vaqtda Adliya  vazirligi  tomonidan yana 230 ta idoraviy hujjatga o`zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi ikkinchi hujjat loyihasini ham qabul qilish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar