2021-2022-o`quv yilida oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga kirish uchun onlayn ro`yxatdan o`tgan abiturientlarga «Abiturient ruxsatnomasi»ni berish boshlandi. Bu haqda DTM xabar berdi.
"Abiturientlar test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abiturient ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqaminiki kiritgan holda olishlari mumkin.
Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud.
Abiturient ruxsatnomasini yuklab olish mumkin bo`lgan botlar:
@mandat2021bot
@mandat2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot
Test sinovlari 5 avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abiturientlardan ruxsatnomalarni 4 avgust sanasiga qadar yuklab olishlarini so`raymiz. "-deyiladi xabarda.
Shu o`rinda DTM abiturientlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abiturient ruxsatnomasi bilan kelishlari lozimligini, pasport (ID-karta) bo`lmagan taqdirda abiturient ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmasligini eslatmoqda.