FVV ning xabariga ko`ra, bugun, 31 iyul kuni soat 13:10 da Sergeli tumani Qo`ylik-5 dahasida joylashgan nonvoyxona va lavash tayyorlash oshxonasida yong`in sodir bo`lgan.
Bu bo`yicha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.
Shunga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 13:13 da voqea joyiga etib borib, soat 13:28 da yong`in o`rab olingan va soat 13:30 da yong`in batamom o`chirilgan..
Yong`in oqibatida binoning 80 kv.m. maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan. 220 kv.m. maydon saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etishlarini so`ramoqda.
29.09.2023, 00:10
Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan...26.08.2022, 08:40
Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi...22.12.2021, 10:59
Bu haqda Namangan FVB Matbuot xizmati xabar berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilning 18 dekabr kuni soat 02-34da Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini 101 qisqa raqamiga...11.10.2021, 12:16
Toshkentdagi xonadonlarning biri yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun, 11 oktyabr kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida...