AsosiyJamiyat
3047

Nurmat Otabekov koronavirusga qarshi vaksinalar va emlash jarayonlari haqidagi savollarga javob berdi

'Nurmat Otabekov koronavirusga qarshi vaksinalar va emlash jarayonlari haqidagi savollarga javob berdi'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nurmat Otabekov COVID-10ga qarshi vaksinalar va emlash jarayonlari to`g`risidagi savollarga javob berdi.

“Moderna”ni vaksinasini O`zbekistonda ishlab chiqarish bo`yicha muzokaralar olib borilmaganmi?

“Moderna” vaksinasi (m-RNK-1273) COVAX  jamg`armasi doirasida respublikamizga olib kelingani, AQShning biotexnologiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgani va 2021 yilda eng yaxshi vaksina deb baholangani hamda “Vaksina platformasida/eng yaxshi yangi texnologiya” nominasiyasi bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritgani qiziqishning ortishiga sabab bo`lishi mumkin.

Hozircha O`zbekistonda ZF-UZ-COV-2001 va SPUTNIK-V vaksinalarini ishlab chiqarish bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda. Kelgusida ishlab chiqarish jarayonini O`zbekistonda yo`lga qo`yish istagida bo`lgan barcha tashabbuslar har tomonlama o`rganib chiqiladi.

Olib kelingan “Moderna” vaksinasi tugasa, uning ikkinchi bosqichida qanday yo`l tutiladi? Bu vaksina yana olib kelinishi rejalashtirilganmi?

Olib kelingan 3 mln 60 doza vaksina bilan 1,5 mln atrofidagi aholini  to`liq emlashimiz mumkin. Kelgusida ham ushbu jamg`arma tomonidan “Moderna” vaksinasi respublikamizga yana olib kelinishi mumkin. Nafaqat bu vaksina balki, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan boshqa vaksinalar ham olib kelinishi ehtimoli bor.

AQShdan olib kelingan vaksinaning samarasi qolgan vaksinalarga nisbatan ko`proq kuzatilsa, qolgan vaksinalar bilan emlash to`xtatilishi mumkinmi?  

Vaksinalarning immunogenligi 50 foizdan yuqori bo`lsa, u holda  samarador hisoblanadi. Hozir O`zbekistonda qo`llanilayotgan barcha vaksinalarning immunogenligi 90% dan yuqori deb baholangan. Har qanday samarador bo`lmasin, respublikamiz ehtiyojini faqat «Moderna» vaksinasi bilan qondirib bo`lmaydi. Shu bois ham boshqa vaksinalardan voz kechilmaydi.

«Moderna» vaksinasi olis hududlarga ham etkaziladimi?

Albatta O`zbekistonda qanday vaksina ishlatilishidan qat`iy nazar barcha hududlar aholi qatlamiga ushbu vaksinalar etib boradi. Hozir «Moderna» vaksinasi barcha hududlarda mavjud.

Vaksina qabul qilgan fuqaro ma`lum bir muddatga ishda ozod etilish bilan bog`liq chora-tadbirlar ko`zda tutilganmi?

Ishdan ozod etish amaliyoti mavjud emas. Lekin, emlangan shaxslar, emlash punktining o`zida 30 minut davomida, keyinchalik uch kun mobaynida kuzatuvda bo`lishadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar