Romitan tumanidagi 33-umumta`lim maktabi bitiruvchisi Baxtiyor Karvonov oliy ta`limga kirish uchun o`tkazilgan test sinovlarida 70 ta test topshiriqlarining barchasini to`g`ri bajarib, 189 ballni qo`lga kiritdi va Prezident grantini olishga nomzod abiturientlar qatoridan joy oldi. Buxoro viloyati Хalq ta`limi boshqarmasi bu haqda ma`um qildi.
Yosh iqtidor egasi 2020-2021-o`quv yilida fan olimpiadasining Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrindorlar safidan o`rin olgan .
Shuningdek, Romitan XTB tomonidan o`tkazilgan «Iqtidorli o`quvchilar» tanlovida oliy o`rinni qo`lga kiritib, tuman hokimi stipendiyasiga sazovor bo`lgan.
"Mustaqil hayot sari muvaffaqqiyatli odim tashlayotgan Baxtiyorga omad tilaymiz!", deyiladi xabarda.