Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Soddadil” qisqa metrajli filmining s`yomka jarayonlari boshlandi.
Bu haqda kinemotografiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, filmda yolg`iz o`g`lini qo`ng`iroq qilishini kutayotgan keksa cholning hayoti tasvirlanadi.
Ssenariy muallifi va rejissyor Azamat Nurmatov, operator Jasur Rustamov, rassom Suhrob Shermuhammedov, grimyor Hojiakbar Bo`riboev, ovoz rejissyori Zarif Yuldashev, kartina direktori Nodirbek Yulchiev, badiiy rahbar Marat Soliev.