“Kuni kecha yo`lda ketayotib bir holatning guvohi bo`ldim. Katta tezlikda kelayotgan avtomobil piyodani turtib yuborib, o`zi qochib ketdi. Nima qilishni bilmay qoldim. Mana shunday hollarda qanday yo`l tutish kerak. Mening guvohligim voqeaga aniqlik kiritishda ahamiyatga egami?”
Dildora, Sirdaryo viloyati
Mazkur savolga O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig`i Xolmatjon Saydaliev javob beradi:
— Agar haydovchi boshqaruvida bo`lgan transport vositasida ikkinchi transport vositasi bilan yo`l-transport hodisasi sodir etib yoki piyodani urib yuborib, voqea joyidan ketib qolsa, zudlik bilan yaqin oradagi IIBga xabar yoki transport vositasi haqida ma`lumot bering.
Voqeaga guvohlar tomonidan olingan ma`lumotlar va ko`rsatmalar asosida IIB xodilari transport vositasini aniqlash va topish bo`yicha qidiru va surishtiruv ishlari amalga oshiriladi. Buning natijasida hodisa joyidan ketib qolgan transport vositasi va uning haydovchisi aniqlanmagan holda etkazilgan zarar sug`urta idoralari tomonidan qonunda belgilangan tartib asosida qoplanadi.
08.08.2022, 12:28
Sal avval Nishon hokimining birinchi o`rinbosari xizmat avtomobilida YTH sodir etib, 49 yoshli fuqaro o`limiga sababchi bo`lgani xabar qilingan edi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB...13.07.2022, 20:58
Toshkentda 27 yshli yigit elektrosamokatda ariqqa tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 5 iyul kuni...24.06.2022, 22:42
Toyloq tumanida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 23 iyun kuni soat 00:30larda Samarqand...22.01.2022, 09:02
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan O`rta Chirchiq tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi. 2022 yil 21 yanvar kuni soat 20:00 larda, Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumani hududidan...