Avvalroq, Chilonzor tumanida imkoniyati cheklangan yigit va qiz o`rtasidagi janjal yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilayotganligi haqida xabar bergan edik.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan 1994 yilda tug`ilgan O`tkirjon Xolmatovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi, O`.Xolmatov tergovdan qochib yashiringan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh imkoniyati cheklangan yigitlar o`rtasidagi janjal aks etgan video ham tarqaldi. Mazkur fuqarolarning shaxsi aniqlangan, ular bilan yuqorida qayd etilgan jinoyat ishi doirasida tergov-tezkor harakatlari o`tkazilmoqda.
"Hurmatli fuqarolar! Agarda siz suratdagi O`tkirjon Xolmatovni qaerdaligini bilsangiz yoki u haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz, 71-281-92-54, 71-281-94-37, 97-449-02-11, 98-337-72-22 raqamlari orqali xabar berishingizni so`raymiz. Maxfiylik kafolatlanadi",–deyiladi shahar IIB xabarida.