AsosiyJamiyat

Coliq to`lovchilar uchun muhim e`lon

'Coliq to`lovchilar uchun muhim e`lon'ning rasmi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi soliq to`lovchilar uchun muhim ma`lumot e`lon qildi.

Tadbirkorlik subektlarining takliflariga muvofiq yillar davomida (3 yildan ortiq) faoliyatini amalga oshirmayotgan xo`jalik subektlarini soddalashtirilgan tartibda davlat reestridan chiqarish tadbirlari ko`rilmoqda.

Davlat reestridan chiqariladigan tadbirkorlik subektlari ro`yxati bilan Davlat xizmatlari agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan havola orqali tanishishingiz mumkin.

https://fo.birdarcha.uz/notification/simple_liquidation

Faoliyatini qayta tiklash istagida bo`lgan xo`jalik subektlari ta`sischi va rahbarlari 2021-yil 20-avgustga qadar ro`yxatdan o`tgan hududidagi davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishlari lozim.

Qo`shimcha savollar bo`yicha soliq to`lovchining shaxsiy kabineti orqali yozma ravishda yoki Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining Call-markazi (78) 140-32-32, 140-32-58 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar