AsosiyJamiyat
4272

"Toshkent 3" aeroporti o`z faoliyatini tiklamoqda

'"Toshkent 3" aeroporti o`z faoliyatini tiklamoqda'ning rasmi

Avvalroq,  Toshkent 3 aeroporti 19 avgustdan boshlab noma`lum muddatga yopilgani haqida xabar bergan edik.

Ma`lum bo`lishicha, 2021 yil 31 avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent 3 aeroporti o`z faoliyatini boshlaydi va respublika bo`ylab  barcha aviaparvozlar ushbu aeroportdan jadvalga ko`ra amalga oshiriladi.

Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar berdi

Yo`lovchilardan mahalliy aviaqatnovlar bilan bog`liq savollarni aviakompaniya aloqa-markazidan, aeroport ma`lumot olish markazidan va Uzbekistan Airways ijtimoiy tarmoqlaridan aniqlashtirishlari so`ralmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar