AsosiyJamiyat

Davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan investision loyihalar natijadorligi qanday? "O`zbekiston MET" izoh berdi

'Davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan investision loyihalar natijadorligi qanday? "O`zbekiston MET" izoh berdi'ning rasmi

Davlat tashqi qarzi  hisobiga amalga oshirilayotgan investision loyihalar natijadorligi qanday? "O`zbekiston MET" AOKAda bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida shu kabi savollarga izoh berdi.

Ma`lum bo`lishicha, “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan bugungi kunda xalqaro moliya institutlari (XMI) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) mablag`lari ishtirokida salmoqli ishlar bajarilmoqda.

Xususan, 2021 yil davomida “O`zbekiston MET” AJ tomonidan Davlat kafolati ostidagi tashqi qarzi mablag`lari ishtirokida umumiy loyiha qiymati 601,7 mln. doll. bo`lgan 5 ta yirik investisiya loyihalar amalga oshirilmoqda.

Investisiya loyihalar doirasida XMI va XHMT mablag`laridan 2020 yilda 43,9 mln. AQSh dollar mablag`lar o`zlashtirilgan bo`lsa joriy yil yakuni bo`yicha 107,4 mln. AQSh dollar (2020 yilga nisbatan qarib 2,4 marta ko`proq) mablag`lar o`zlashtirish rejalashtirilgan.

 XMI va XHMT mablag`lari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalardan 2020 yil yakuni bo`yicha “Taxiatosh IES" dan “Xorazm” PS orqali “Sarimoy” aholi yashash punktigacha (Xorazm viloyati) 220 kVli EUT qurilishi” investisiya loyihasi doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida umumiy uzunligi 340 km bo`lgan 220 kVli havo liniyasi qurib foydalanishga topshirildi hamda “Xorazm” PSda joylashgan transformatorlarni yangisiga almashtirish hisobiga qo`shimcha 150 MVA qo`shimcha quvvat yaratilgan.

 Bundan tashqari modernizasiya loyihasi doirasida respublikada joylashgan yuqori kuchlanishli podstansiyalarda olib borilgan modernizasiya va rekonstruksiya ishlari natijasida jami 1142 MVA qo`shimcha quvvat yaratildi.

Shuningdek,  2021 yil yakuni bo`yicha “O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan 500 kVli “G`uzor-Regar” (L-507) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog`ini tiklash” loyihasi bo`yicha 64 km uzunlikdagi 500 kVli havo liniyasi qurib bitkaziladi va modernizasiya loyihasi doirasida jami 1229 MVA qo`shimcha quvvat yaratilishi aytilmoqda.

Boshqa yangiliklar