Ijtimoiy tarmoqlarda "Bayrog`imiz ranglari kabi bo`yalgan Spark avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma`lumot berildi.
Ma`lum bo`lishicha, bugun, 31 avgust kuni Buxoro viloyati, Buxoro shahrida "Spark" hamda "Lasetti" rusumli avtomobillar haydovchilari transport vositasining kuzov qismini mustaqillik bayrami munosabati bilan bir necha xil ranglarga bo`yab shahar hududida harakatlangan.
Mazkur haydovchilar YPX xodimlari tomonidan to`xtatilib, qoidalar bo`yicha tushuntirishlar berilgan.
Xodimlar haydovchilarni mustaqillikning 30 yillik bayrami bilan tabriklab oq yo`l tilashgan.
"Haydovchilar ogohlantirilib, ularga nisbatan hech qanday jarima belgilanmagan. Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz", — deyiladi xabarda.