AsosiyIqtisodiyot

Xorazmda yalpi hududiy mahsulot qanchaga o`sdi?

'Xorazmda yalpi hududiy mahsulot qanchaga o`sdi?'ning rasmi

Davlat Statistika qo`mitasi 2021- yilning yanvar-iyunida Xorazm viloyatining yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) qanchaga o`sganini ma`lum qildi.

Unga ko`ra, 2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlarida, Xorazm viloyatida YaHM 4,9% ga o`sgan va 11 038,6 mlrd. so`mni tashkil qildi. 

YaHMning o`sishi qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligida 100,4 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 40,3 %), sanoatda 109,5 % (12,9 %), qurilishda 105,1 % (6,8 %), xizmatlar sohasida 107,8 % (40,0 %) kuzatilgan o`sish sur`atlari bilan bog`liqdir. 

Aholi jon boshiga YaHM 5 813,5 ming so`mni tashkil etdi va 3,4 % ga o`sdi.

    Boshqa yangiliklar