AsosiyJamiyat

Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy ta`lim bergan 42 yoshli fuqaro jarimaga tortildi

'Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy ta`lim bergan 42 yoshli fuqaro jarimaga tortildi'ning rasmi

Chilonzor tumanida olib borilgan profilaktik tadbir davomida aniqlanishicha, muqaddam sudlangan 42 yoshli Abdurahim V. o`z uyida 3 oy davomida tegishli ruxsasiz bolalar uchun diniy adabiyotdan foydalangan holda dars o`tgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. 

Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 241-moddasi (“Diniy ta`limotdan saboq berish tartibini buzish”) bo`yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yo`naltirildi. Sud fuqaroga nisbatan BHMning 5 baravari miqdorida jarima tayinladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar