AsosiyHi-tech

FUTUROLOGLARNING TEXNOLOGIYa OLAMIDAGI 8 BAShORATI

Futurologlar — bizning hayotimizga kirib kelishi mumkin bo`lgan yangiliklarni oldindan ko`ra oladigan insonlardir. Keling, ular bilan birga yaqin kelajakda bizni texnologiya olamida kutayotgan yangiliklar o`nligi bilan tanishtirib o`tsak.

1.Teleportasiyaning imkoni bor.
Nazariy jihatdan  nur yordamida jismni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishning imkoni bo`lsa-da, hali amalda sinab ko`rilmagan. Lekin bu ham albatta amalga oshadi. Axir bir paytlar videmagnitofonni ham odamlar aql bovar qilmas mo``jiza sifatida qabul qilishgan. Vaqti kelib, atom va molekulalar yordamida operasiya qilish ham kundalik hayot tarzimizga aylanib qolishi kutilmoqda. 

2. Mitti ong – nanochip
Vaqti kelib, kompyuterlar o`lchami aql bovar qilmas o`lchamda kichrayadi. Futurolog Brayan Devid Djonson bugungi juda katta kuch va hajmga ega bo`lgan ulkan kompyuterlar o`rnini mitti cho`ntak kompyuterlari egallashiga ishonadi.  Intel dasturi asosichisi Gordon E. Mur fikricha, prosessorlar tezligi  har iki yilda baravariga oshadi va narxi ham baravar tushib boraveradi. 

3.“Marsga tashlab qo`yolmaysizmi?”
Space Launch System (SLS) kompaniyasi fikriga ko`ra 2017 yilda , NASA to`rt nafar astronavtni Oyga uchirmoqchi. Bu safar oyga chiqishning oson va arzon yo`llarin kashf etish mo`ljallangan. Kelajakda faqat fazogirlar emas, cho`ntagi ko`targan har bir inson koinotga parvoz qilib, Marsga, oyga qadam qo`yishi mumkin.

4.“Ko`nglingda nima bor – bilaman!”
Ha, ishonavering kun kelib, istagan kishingizning ko`nglidagi sirlarni o`qib olish imkoniga ega bo`lasiz. Nevrologlar bir necha yildan beri inson fikrini o`qish ustida ish olib borishmoqda. Lekin bu kashfiyotdan faqat aqli zaif insonlarni davolash maqsadida foydalanish ko`zda tutilgan.

5.Nanotexnologiyalar va nanotibbiyot 
Nanotexnlogiyaldar jadal rivoj topayotir. Nanoo`lchamni tasavvur qilish uchun, bir varaq qog`ozni olib ko`ring. Odatda bu varaq bizga juda yupqa ko`rinadi. Asdlidja uning qalinligi 100 000 nanometr keladi. 

Nanotexnologiyadlar kelgusida jamiyatning barcha qatlamlarida foydalanilishi mumkin. Ko`p kasalliklar hali tanaga yoyilmay turib, hujayralar darajasida tubdan  yo`q qilinishi mumkin.

Neyroxirurgiya va  irsiy davolashda  kelgusida nanotibbiyoda keng foydalanishi mumkin.

“Anonimus” – yovuzlikning yangi nomi

Kelajakda bizni faqat yaxshi yangililar emas, yomonlari ham kutib turibdi. Kelajak asosan axborot texnologiyalariga bog`liq ekan, demak, bu boragi manfiy o`zgarishlarni ha e`tiborga olish kerak. Kelgusida xakerlar ham o`z qora niyatlarini amalga oshirish turli nayranglardan foydalanishi mumkin. Anonymous — bu uyushgan xakerlar guruhining shartli dasturi. Uning yordamida kelgusida eng maxfiy saqlanadigan axborotlar bazasiga ham bemalol hujum uyushtirish va misloi kzrilmagan talofatlarga yo`l ochish mumkin.

Universal tarjimonlar
Hozir internet tarmog`ida onlayn tarjimonlar keng tarqalgan. Ammo ular yordamida matnlarni mukammal tarjima qilishning imkoni yo`q. Kelgusida ana shunday “tarjimon”lar yanada ommalashib, odam-tarjimonlarga hojat ha qolmasligi mumkin.

Avatarlar, surrogatlar, robotlar
Mashhur “Avatar”filmi qahramonlari hayotida ham bo`lishi mumkin. DARPA kompaniyasi tirik askarlar o`rnini bosa oladian avatar askarlar yasash bo`yicha katta pulllik shartnomalar imzolashgan. Albatta mashina-robotlar hayotimizdagi o`orni chuqurlashgani yaxshi. Ular qiyin ishlarni bajarishadi. Vaqti kelib, bunday “maxsus-tana” insonga ikkinchi hayotni baxsh etishi ham mumkin. Ya`ni ba`zi olimlar inson ruhini ana shunday maxsus tanalarga o`chirib o`tqazish ustida ish olib borishmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar