AsosiySiyosat

Prezidentining tegishli farmonlari bilan Ravshan G‘ulomov, Obid Hakimov, Aziz Mag‘rupov yangi lavozimga tayinlandi

Ular ikki nafari davlat rahbarining maslahatchisi, bir nafari esa hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari bo‘ldi.

'Prezidentining tegishli farmonlari bilan Ravshan G‘ulomov, Obid Hakimov, Aziz Mag‘rupov yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

Ravshan Ayubovich G‘ulyamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Obid Arzikulovich Hakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi;

Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi.

    Boshqa yangiliklar