1

Adiblar xiyobonida Zahiriddin Muhammad Boburga bag`ishlangan hujjatli film premerasi o`tkazildi

Jamiyat 07.09.2021, 11:21
Teglar: hujjatli film, Bobur, Yulbars izidan
Adiblar xiyobonida Zahiriddin Muhammad Boburga bag`ishlangan hujjatli film premerasi o`tkazildi

Adiblar xiyobonida Boburga bag`ishlangan “Yulbars izidan" hujjatli film premerasi o`tkazildi.

Premeradan oldin Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamkorligida "Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati – vatanparvarlik namunasi" mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil etildi, deya xabar bermoqda agentlik matbuot kotibi.

Tadbirda Bobur hayoti va ijodiga bag`ishlangan ma`ruzalar, sahna ko`rinishlari, g`azallar va she`riy parchalar o`qilgan.

Shundan so`ng, Kinematografiya agentligi va O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti buyurtmasiga binoan “Sintez film” studiyasi tomonidan suratga olingan “Yulbars izidan. Zahiriddin Muhammad Bobur” hujjatli filmi namoyish etilgan.  

 Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Bobur Sher o`g`li, postanovkachi operator Diyor Ismatov, postanovkachi rassom San`at Kenjaev, prodyuser Xurshid Alixo`jaev. Aktyorlar Ilhom Berdiev, Ilmira Rahimjonova, Bahrillo Rahimov, Alisher Yo`ldoshev, Mansur Abduxoliqov, Rayhon Asadova, Umid Zokirov, Daler Temurov, Zarif Hasanov.

Sharhlar

Navoiy va Bobur haqida filmlar namoyishi tashkil etiladi

08.02.2022, 14:57

Kinematografiya agentligi tomonidan Kinochilar uyi hamda yurtimiz telekanallarida o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi filmlarning...
Kinemotografiya agentligi tomonidan "Cho`lpon"ga bag`ishlab "Qush esdaligi” hujjatli filmi yaratildi

23.08.2021, 15:37

Kinematografiya agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamkorligida “Media Illusion” studiyasi tomonidan Cho`lpon haqida "Qush esdaligi” hujjatli filmi  yaratildi.Ma`lum bo`lishicha, ushbu  filmida bosh qahramonni Shohjahon...
Abadiyatga aylangan adabiyot: Xalq yuragi turkum hujjatli filmlari namoyishi bo`lib o`tdi

13.08.2021, 16:32

Bugun Kinematografiya agentligida “Xalq yuragi” turkumi ostida 24 nafar adibga bag`ishlab, suratga olingan hujjatli filmlarning namoyishi o`tkazildi .Mazkur filmlar O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1