AsosiyIqtisodiyot

QQS 12 foizga tushiriladi — Shavkat Mirziyoev

'QQS 12 foizga tushiriladi — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Xalqaro kongress markazida O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X s`ezdi bo`lib o`tmoqda. Unda Shavkat Mirziyoev o`z saylovoldi dasturi – Yangi O`zbekiston strategiyasining asosiy yo`nalishlari bo`yicha ma`ruza qilmoqda.

Shavkat Mirziyoev biznes sohasiga imkoniyatlarni kengaytirish, soliq turlari va uning yukini kamaytirish bo`yicha, tizimli ishlarimizni izchil davom ettirilishini ta`kidladi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. 

“Yaxshi bilasizlar, 2020-yilda qo`shilgan qiymat solig`i stavkasini 20% dan 15% ga tushirgan edik. Bu — 100 ming tadbirkor ixtiyorida 10 trln so`m mablag` qoladi, degani. 2023-yildan boshlab, ushbu soliq stavkasini 15% dan 12% ga tushiramiz” , — dedi Prezident.

Ta`kidlanishicha, kelgusi yili korxonalarning mol-mulk solig`i stavkasi 2% dan 1,5% ga kamaytiriladi va buning natijasida tadbirkorlar ixtiyorida yiliga 500 mlrd so`m mablag` qoladi.

Shuningdek, 2023 yildan yuridik shaxslarning mol-mulk va er soliqlarini birlashtirib, yagona ko`chmas mulk solig`i joriy qilinadi.

"Hozirgi vaqtda bank, moliya, telekommunikasiya kabi tadbirkorlik yo`nalishlarida foyda solig`i stavkasi har xil bo`lib, ular amaldagi 20% dan 15% ga tushiriladi va barcha tadbirkorlar uchun bir xil bo`ladi", - deya qo`shimcha qilgan Mirziyoev. 

 

    Boshqa yangiliklar