Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyati Rishton tuman tibbiyot birlashmasi boshlig`i U. Mamadalievning jurnalist va blogerlarni haqorat qilib, ularga bosim o`tkazgani haqida audioxabar tarqaldi. Mazkur holat Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, ayni paytda audioxabarda keltirilgan ma`lumotlar yuzasidan atroflicha o`rganish ishlari olib borilmoqda va ushbu holat nima sababdan yuz bergani aniqlashtirilib, shunga ko`ra tegishli choralar ko`rilishi ta`minlanadi. O`rganishlar natijalari haqida qo`shimcha ma`lumot beriladi.
"Sog`liqni saqlash vazirligi jurnalistlar va blogerlarning professional faoliyatiga to`sqinlik qiladigan har qanday holatlarni keskin qoralaydi",–deyiladi vazirlik axborotida.