Yangiyo`l shahari markazida joylashgan Dehqon bozorida o`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida fuqarolar A.Umarov va Z.Zayniddinovlar 137 kg veterinariya ma`lumotnomalari bo`lmagan parranda ichki a`zolarini, sanitariya qoidalariga zid ravishda sotayotganligi aniqlanib, mahsulotlar zararsizlantirish yo`li bilan yo`q qilingan. IIBB Axborot xizmati bu haqda xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, bundan tashqari sut va sut mahsulotlari bilan shug`ullanuvchi sotuvchilar orasidan iste`molga yaroqsiz jami 29 litr elim idishlardagi sut va sut mahsulotlari olinib o`rnatilgan tartibda yo`q qilingan.
Kelgusida bu bilan bog`liq salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida aniqlangan holatlar yuzasidan dehqon bozor hududida keng ko`lamli tushuntirish ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.