O`zbekiston avgust oyida jami 43,9 ming tonna uzum eksport qilgan
Davlat statistika qo`mitasi bu haqda xabar berdi.
Ma`lumotga ko`ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekiston xorijga qiymati 64,5 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 78,8 ming tonna uzum eksport qilgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 5 ming tonnaga oshgan.
Avgust oyida esa qiymati 30,8 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 43,9 ming tonna uzum O`zbekiston tomonidan eksport qilgan.