O`zbekiston 8 oy ichida xorijdan 236 624 dona mobil telefon import qilgan.
Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekiston xorijdan qiymati 117,4 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 1,6 mln. dona mobil telefon import qilgan.
Ushbu qiymat o`tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 1,2 mln. donaga oshgan.
Qayd etilishicha, O`zbekiston 12 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan va ular eng ko`p import qilingan davlatlar quyidagilar:
- Xitoy – 63 mln.
- Vetnam – 41,4 mln.
- Hindiston – 5,9 mln.
- Qozog`iston – 5,5 mln.
- BAA – 960 ming
- Germaniya – 647 ming
- Koreya – 60 ming
- Rossiya – 18 ming AQSh dollarini tashkil qilgan.