Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston xorijga qiymati 19,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 69,7 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Bu yil etishtirilgan qovun va tarvuzlar 20 ta xorijiy davlatlar bozorlariga etkazib berilgan bo`lib, eksport hajmi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 9,5 ming tonnaga kamaygan.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida xorijiy davlatlarga qovun va tarvuz eksport qilgan hududlar quyidagilar:
- Xorazm viloyati – 10,2 ming tonna;
- Jizzax viloyati – 8,5 ming tonna;
- Sirdaryo viloyati – 8,1 ming tonna;
- Farg`ona viloyati – 8,1 ming tonna;
- Toshkent viloyati – 7,7 ming tonna;
- Qoraqalpog`iston R. – 7,7 ming tonna;
- Andijon viloyati – 7,6 ming tonna;
- Namangan viloyati – 3,5 ming tonna;
- Qashqadaryo viloyati – 2,2 ming tonna;
- Samarqand viloyati – 2,0 ming tonna;
- Surxondaryo viloyati – 1,9 ming tonna;
- Toshkent shahri – 1,4 ming tonna;
- Buxoro viloyati – 471,0 tonna;
- Navoiy viloyati – 187,6 tonnani tashkil qilgan.