1

Toshkentda YPX xodimlari haydovchiga nega "kuch ishlatdi"?

Jamiyat 27.09.2021, 10:56
Teglar: ypx xodimi
Toshkentda YPX xodimlari haydovchiga nega "kuch ishlatdi"?

 Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimlari Spark haydovchisiga kuch ishlatganligi bilan bog`liq xabar tarqaldi.

Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 19:40 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Furqat va Beshyog`och ko`chalari kesishgan chorraha yaqinida, "Magic city" istirohat bog`i oldida to`xtab turgan "Spark" rusumli avtomobil haydovchisiga YPX xodimi mazkur joyda to`xtab turish mumkin emasligini, tirbandlik yuzaga kelayotganligini tushuntirgan vaqtda haydovchi A.E. taksi faoliyati bilan shug`ullanishini aytib xodimga e`tiroz bildiradi. 

YPX xodimi haydovchidan qoidalarga rioya qilishini so`ragan vaqtda haydovchi avtomobilini qo`zg`atmasligini ma`lum qilgan va o`zaro tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan. Haydovchi YPX xodimining qonuniy talablarini bajarmagan. Jarayonga boshqa YPX xodimlari ham aralashgan. Fuqaro A.E. tuman IIO FMBga olib borilgan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yil 22 sentyabr kuni to`plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tumani sudi tomonidan o`rganilib, fuqaro A.E. O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 183 hamda 194-moddalarida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Sharhlar

YPX xodimini mashina "kapot"i ustida sudrab ketgan haydovchi qamoqqa olindi

28.09.2021, 10:40

Avvalroq Surxondaryoda "Lacetti" haydovchisi mashinasida YPX xodimini "sudrab" ketgani haqida yozgan edik. Unda o`zboshimcha haydovchining to`xtash ishorasiga amal qilmay, avtomashina "kapot"i ustiga YPX xodimini ortgan holatda...
"Fuqaro va YPX xodimi o`rtasida janjal" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi

03.09.2021, 17:14

Ijtimoiy tarmoqda "Fuqaro va YPX xodimi o`rtasida janjal" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB mas`ul xodimi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotganligi haqida ma`lumot...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1