Oltiariqdagi paxta qabul qilish punktida yong`in chiqdi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Qayt etilishicha, 2021 yil 27 sentyabr kuni soat 13:27da Oltiariq tumani "Poloson" MFY, Marg`ilon ko`chasida joylashgan paxta qabul qilish punktida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida Farg`ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushadi.
Voqea joyiga 9 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 13:35 da etib boradi, soat 14:00 da yong`in qurshab olinib, soat 14:34 da batamom o`chirilgan.
Ma`lumotga ko`ra, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Shu o`rinda, FVV: "Hurmatli fuqarolar, paxta tez alanga oluvchi xomashyodir. Mavsumni har tomonlama betalofat o`tkazishda yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya eting",– deya aholiga murojaat qilmoqda.
28.11.2022, 09:55
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Oltiariq tumanida 3 nafar qiz pichoqlangani haqida xabarlar tarqldi. Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati holatga oydinlik kiritdi.Ma`lum bo`lishicha joriy yilning 26...26.08.2022, 08:40
Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi...22.12.2021, 10:59
Bu haqda Namangan FVB Matbuot xizmati xabar berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilning 18 dekabr kuni soat 02-34da Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini 101 qisqa raqamiga...29.10.2021, 22:29
22 oktyabr kuni Oltiariq tumani IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Uzumchi MFY yashovchi A.I.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, molxonasi tom qismida...