AsosiyJamiyat

Tezkor xabar: O`zbekistonda 12 yoshdan oshgan bolalar ham COVID-19ga qarshi emlanadi

'Tezkor xabar: O`zbekistonda 12 yoshdan oshgan  bolalar ham COVID-19ga qarshi emlanadi'ning rasmi

Endilikda mamlakatimizda 12 yoshdan katta bolalar COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashnishga ruxsat berildi.

Koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining 12-15 yoshdagi bolalarda o`tkazilgan klinik sinovlarining natijalari mazkur vaksinaning yuqori darajada samaradorligi va xavfsizligini ko`rsatdi.  

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan 12 yoshdan yuqori bolalarni va o`smirlarni Pfizer vaksinasi bilan emlash tavsiya etildi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash imkoniyati mavjud.  

Yurtimizda ham 12 yoshdan katta bolalar shifokor ko`rigidan o`tgach, koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlanishlari mumkin.  

Eslatib o`tamiz, shu yil 13 sentyabr kuni mamlakatimizga 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelingan.  

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 19 969 345 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 4 283 645 nafarni tashkil qilmoqda.

Boshqa yangiliklar