Avvalroq, 28 sentyabr – “Xalqaro quturish kasalligiga qarshi kurashish kuni” ekanligi haqida xabar bergan edik.
Ushbu kun munosabati bilan Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi “Qovchin” qishlog`ida joylashgan “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish o`quv amaliy markazi”da quturish kasalligiga qarshi kurash bo`yicha o`quv-amaliy seminar o`tkazildi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish agentligi xabar bermoqda.
Tadbirda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi rahbar-xodimlari, tuman hamda shaharlar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi boshliqlari, hududdagi barcha veterinariya mutaxassislari, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda mutaxassislar tomonidan kasallikka qarshi kurash bo`yicha amaliy mashg`ulotlar olib borildi.