toshkentda "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali o`tkazilishi munosabati bilan 28 sentyabr kuni soat 17.30dan 22.00 gacha bir necha ko`chalarda harakatlanish cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Xabarga ko`ra, Shayxontohur tumani A.Navoiy - Abay ko`chalari kesishgan chorrahasidan A.Navoiy - Labzak ko`chalari kesishgan chorrahasigacha bo`lgan oraliqda harakat cheklanadi.