Rossiyaliklar jonli muloqot paytida prezident Vladimir Putinga JKX muammolari, yo`l va ijtimoiy-iqtisodiy ta`minot haqida ko`plab savol berishadi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
“Bu haqda qancha gapirilmasin, kundan kunga puturdan ketayotgan turar joylarda vaziyat o`zgarmayapti. Buni geografik joylashuvidan qat`i nazar Rossiyaning barcha burchaklaridan yuborilayotgan savollarga asoslanib, ishonch bilan aytish mumkin”, – dedi Dmitiriy Peskov.
Bu yil rossiyaliklarni yo`llarning yomonligi, ta`mirtalabligi qattiq bezovta qilmoqda. Peskovning aytishicha, fuqarolarning prezidentga yuborgan yo`llarning rasmiga qarab, ularni yo`l deb atashga hojat ham qolmagan.
Kremlning rasmiy vakili “Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo`ladigan jonli muloqot” mamlakatning barcha fuqarolariga eng dolzarb savollarni berish imkonini tug`dirishini bildirdi. “Jonli muloqot” 14 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 da o`tkazilishi rejalashtirilgan. Savollarni tadbirning rasmiy saytiga yuborish, telefon orqali berish, videoxabar tarzida yo`llash mumkin.