O`zbekistonda ishlab chiqarilgan vaksinaning birinchi dozalari emlash punktlariga etkaziladi.
Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati bu haqda xabar berdi.
Qayd etilishcha, hozirgi kunda qo`shma korxona tomonidan jami 7 million doza vaksina ishlab chiqarilgan bo`lib, keyingi dozalari bosqichma-bosqich emlash punktlariga etkazib beriladi.
Ma`lumot o`rnida aytilishicha, “Jurabek Laboratories” MChJ qo`shma korxonasi tomonidan mazkur vaksinani ishlab chiqarilishi Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd. Kompaniyasi bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilmoqda.