Xonanda Shohruhxon ayni paytda Navoiy viloyatida o`tkazilayotgan “Biz buyuk farzandlarimiz” yoshlar festivalida ishtirok etmoqda. Xonanda festivaldagi chiqishlarini o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e`lon qilib bormoqda.
Kuni kecha Shohruhhon Instagram`dagi sahifasiga joylagan surat e`tiborimizni tortdi. “Navoiyda Ip Menni uchratdim” deb nomladi xonanda bu suratni. Unda Shohruhxonning afsonaviy kino qahramon Ip Menga juda o`xshash yigit bilan suratga tushganini ko`rish mumkin.
Xonandaning muxlislari izohlarda yigitning haqiqatdan ham Ip Menga o`xshashini aytib o`tgan.