Qarshi shahar tug`ruqxonasida 1 oktyabr kuni Murodovlar oilasida 3 nafar egizak dunyoga keldi. Egizaklarning uchalasi ham o`g`il bola. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Chaqaloqlar Qarshi tumani Uzunnavo mahallasida yashaydigan Murodovlar oilasi quvonchiga quvonch qo`shdi. "Polvon"larning onasi Shahlo Husanova 30 yoshda, viloyat teri-tanosil shifoxonasida hamshira bo`lib ishlaydi. Otasi - Iskandar Murodov 37 yoshda, Milliy gvardiya xodimi.
Egizaklardan birining vazni 2,1, ikkinchisiniki 2,4 va uchinchisiniki 2,2 kilogrammdan iborat.
Ayni paytda oiladagi bolalar soni 5 nafarga etdi. Bungacha Murodovlarning bir o`g`il, bir qizi bo`lgan.