1

Sog`liqni saqlash vaziri turkmanistonlik hamkasbi bilan uchrashdi

Salomatlik 04.10.2021, 22:49
Teglar: Sog`liqni saqlash vaziri
Sog`liqni saqlash vaziri turkmanistonlik hamkasbi bilan uchrashdi

Xabar berilganidek, bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Rasmiy delegasiya tarkibida Turkmaniston Sog`liqni saqlash vaziri Nurmuxammet Amannepesov ham bo`lib, O`zbekiston Sog`liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibaev bugun turkmanistonlik hamkasbi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator masalalar yuzasidan muloqotlar o`tkazildi. Shuningdek, N. Amannepesov A. Xadjibaev hamrohligida Bolalar milliy tibbiyot markazida bo`lib, u erda yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi.

Turkmaniston Sog`liqni saqlash vaziri O`zbekistonning tibbiyot sohasida erishgan yutuqlarini e`tirof etib, ikki tomonlama  hamkorlik aloqalarining rivojlanishi ikki tomon  uchun ham manfaatli bo`lishiga ishonch bildirdi.

Sharhlar

Bolalarda nafas a`zo kasalliklarining oldini olish uchun qanday dori vositalaridan foydalanish kerak? Shifokor javob berdi

11.07.2021, 14:50

Bolalar bosh pulmonologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiev SSV bilan suhbatda bolalarda nafas a`zo kasalliklarinit oldini olish uchun qanday dori vositalaridan foydalanish kerakligi haqida...
Yosh tanlamas "Astma" haqida nimalarni bilamiz? Mutaxassis javob berdi

08.06.2021, 18:46

Astma kasalligi yosh tanlamasligi, ayniqsa, bolalarda kuzatiladigan surunkali xastaliklar orasida etakchi o`rinda turishi bilan barchani jiddiy tashvishga soladi. Xo`sh, bolalardagi astma kasalligini qanday davolasa bo`ladi?...
O`zbekistonda Davlat tibbiy sug`urtasi tizimini joriy etishni tezlashtirish bo`yicha vazifalar belgilandi

30.05.2021, 16:03

“Sog`liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qaroriga ko`ra, davlat tibbiy sug`urtasi tizimi joriy etilishini tezlashtirish maqsadida 2021 yil 1 avgustdan boshlab...
Dunyoda COVID-19 kasalligi qayd etilishi va undan o`lim ko`rsatkichlari pastladi

20.01.2021, 13:33

Kecha, 19 yanvar kuni dunyoda COVID-19 kasalligi qayd etilishi va undan o`lim ko`rsatkichlari nisbatan past bo`ldi deya xabar bermoqda JSST ma`lumotlariga tayanib Sog`liqni saqlash vazirligi.Dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1