Buxorodagi “BUXORO AGROKLASTER CHORVA” MChJ qarashli chorvachilik xo`jaligiga Germaniya va Rossiyadan naslli qoramollar olib kelindi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Qorovulbozor tumanida joylashgan, 3 yarim ming bosh qoramol parvarishlashga mo`ljallangan yangi chorva kompleksiga Germaniya va Rossiyadan naslli qoramollar olib kelindi.
Shu bilan birga Turkiya davlatidan oziqlantirish, sug`orish va sut sog`ish kabi zamonaviy uskunalar olib kelinib, o`rnatildi.
Shuningdek, ayni paytda xo`jalikda bir kunda 30 ming litr sut va 5 ming kg go`sht ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.