Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.L. fuqaro D.ni tanishlari orqali 2500 AQSh dollari evaziga Jizzax davlat pedagogika institutining magistratura yo`nalishiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, shundan 2,5 mln so`mini qo`lga kiritib, yana 2300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.