Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig`ining birinchi o`rinbosari A.Irmatovning Koreya Respublikasidagi tashrifi davomida Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vise-prezidenti bilan uchrashuv o`tkazilib, unda E-9 viza tasdiqnomasi muddati va tanlovlar bazasidagi 2 yillik muddati tugayotgan (shartnoma kutayotganlar) fuqarolarga qo`shimcha muddat berish masalasi muhokama qilingan edi.
Muzokaralar natijasida Koreya tomonidan COVID-19 pandemiyasi sababli Koreya Bandlik va mehnat vazirligi imtihondan o`tgan nomzodlar uchun ballik tizimning amal qilish muddati 2 yildan oshganligi sababli qayta ro`yxatdan o`tolmaydigan ishchilarning tanlovlar bazasidagi 2 yillik amal qilish muddati uzaytirilgani ma`lum qilindi.
Unga ko`ra, 2021 yil 1 iyuldan 30 sentyabrgacha amal qilish muddati mavjud bo`lgan nomzodlarga 2021 yil 1 oktyabrdan 6 oy qo`shib beriladi.
Shuningdek, joriy yilning 1 oktyabridan 31 dekabrigacha 2 yillik amal qilish muddati tugaydigan nomzodlarga muddati tugagan sanadan boshlab 6 oy qo`shib beriladi.