Bugun bo`lib o`tgan Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig`ilishida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati ma`lum qildi.
Kengash qaroriga ko`ra:
Namazbaeva Saragul Xalbaevna –sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Sirdaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo`yicha sudyasi lavozimiga;
Vohidov G`olibjon Sa`dievich – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Bekobod tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Norqobilov Jasur Xolboevich –sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Shu bilan birga:
Muratov Dovran Djumageldievich– sudyalik vakolati muddati davriga Xorazm viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Urganch shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod etilgan.
25.08.2021, 17:42
“Yolg`onning umri qisqa”, degan ibora hammamizga yaxshi tanish. Haqiqatan ham bu gapda yuz foiz jon bor. Yolg`on ishning qachondir misi chiqib, boshqalarni aldamoqchi bo`lgan odamning...16.08.2021, 17:37
Fuqarolar va yuridik shaxslar ma`muriy sudlarga murojaat etish chog`ida ariza yoki shikoyatning shakli va mazmuniga nisbatan qo`yilgan talablarga to`liq amal qilmaydilar. Bunday e`tiborsizlik sudga taqdim...04.08.2021, 19:19
Jinoyat ishlari bo`yicha Yangihayot tuman sudi raisi Baxrom Tashpulatovning raisligida o`tgan ochiq sud majlisida 8 oylik chaqalog`ini 10.000 AQSh dollar evaziga qonunga xilof ravishda sotmoqchi...29.07.2021, 16:49
Qonunga ko`ra, barcha sudlarda ishlar ochiq ko`riladi. Ishlarni yopiq sud majlisida ko`rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo`l qo`yiladi. Sud majlisi zalida hozir bo`lgan shaxslar, ommaviy...