AsosiyJAMIYAT

Toshkentdagi xonadonlarning biri yonib ketdi. 6 nafar fuqaro qutqarib qolindi, 1 kishi halok bo`ldi

Toshkentdagi xonadonlarning biri yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.Qayd etilishicha, b...

Toshkentdagi xonadonlarning biri yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 11 oktyabr kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:53 da etib borib, yong`in soat 10:03 da qurshab olingan va soat 10:25 da bartaraf etilgan.  

Yong`in oqibatida uyning taxminan 20-25 kv.m. maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan.  

Tezkor harakatlar natijasida 6 nafar fuqaro qutqarilib, hayoti saqlab qolingan, 1 nafar fuqaro ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan xalok bo`lgan.

"Hozirda yong`inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishni so`rab qoladi",—deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar