Facebook, Google, Apple va boshqa bir qancha xorijiy kompaniyalar O`zbekistonga soliq to`ladi. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi rasmiy ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, O`zbekistonga Facebook - 7,6 milliard, Google - 4,6 milliard, Apple - 2,2 milliard, Netflix - 331 million, Yandex - 256 million so`m o`tkazgan.
"Mamlakatda 2 yilda doimiy vakolatxonasiga ega bo`lmagan jismoniy shaxslarga elektron xizmat ko`rsatuvchi 28 ta xorijiy kompaniya soliq to`lovchi sifatida ro`yxatdan o`tdi",- deyiladi Soliq qo`mitasi axborotida.
Ta`kidlanishicha, soliq kodeksida 2020 yil 1 yanvardan boshlab ro`yxatga olishning yangi tartibi belgilangan.
Shunga asosan, internet-kompaniyalari ro`yxatdan o`tishi uchun qulaylik yaratish maqsadida Davlat soliq qo`mitasi tomonidan QQS-ofis ishga tushirilgan.
Shuningdek, ushbu manba xorijiy yuridik shaxslarga O`zbekistonda QQS to`lovchi sifatida ro`yxatdan o`tish uchun ariza berish, onlayn shaxsiy kabinetdan foydalanish, (hisobot taqdim etish va soliq to`lash) shuningdek, soliqqa tortish bilan bog`liq barcha savollarga javob olish imkonini berishi aytilmoqda.