AsosiyJAMIYAT

O`zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida O`zbek tili bayrami kuni nishonlandi (foto)

21 oktyabr - O`zbek tili bayrami kuni munosabati bilan mamlakatimizning Turkiyadagi elchix...

'O`zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida O`zbek tili bayrami kuni nishonlandi (foto)'ning rasmi

21 oktyabr - O`zbek tili bayrami kuni munosabati bilan mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi TURKSOY tashkiloti hamda Turk dunyosi muhandislari uyushmasi bilan hamkorlikda adabiy kecha va mushoira tashkil etdi.
 

Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirim, Madaniyat va turizm vaziri o`rinbosari Misbah Demirjan, Atrof-muhit va qurilish vaziri o`rinbosari Mujahit Demirtash, TURKSOY tashkloti Bosh kotibi o`rinbosari Bilal Chakiji, turk jamoatchiligi vakillari va vatandoshlarimiz  tashrif etgan tadbir davomida o`zbek tili tarixda turkiyning chig`atoy lahjasi o`laroq o`z vaqtida turk dunyosi uchun umumiy adabiy til vazifasini o`tagani, Markaziy Osiyo xalqlarining muhim muloqot vositasi hisoblangani, yozishmalarda keng qo`llanilgani va bugungi kunda qariyb 50 million kishining ona tilisi hisoblanishi ta`kidlandi. 
 

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev davrida o`zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirishga qaratilgan ishlar, jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilgani, Davlat tilini rivojlantirish departamenti faoliyat boshlagani, ona tilimizning Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbarida yangragani, Turkiy Kengash doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot ta`sis etilayotgani haqidagi axborot turk jamoatchiligi e`tiboriga etkazildi.

Ayni kun Turkiyada bo`lib turgan vatandoshlarimiz va ularning farzandlari ishtirokida mushoiralar ham tashkil etilib, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Mirtemir, Xurshid Davron, Halima Xudoyberdieva, Muhammad Yusuf kabi shoirlarimizning ona tilimizni ulug`lovchi ash`orlari aytildi. O`zbekiston davlat filarmoniyaning Toshkent viloyati bo`linmasi vakillari ijrosidagi kuy va qo`shiqlar bayramga yanada ko`tarinki ruh bag`ishlab, tashrif etgan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Boshqa yangiliklar