AsosiySiyosat

Qozog`iston etakchisi Shavkat Shavkat Mirziyoevni Prezident saylovida erishgan g`alabasi bilan samimiy qutladi

'Qozog`iston etakchisi Shavkat Shavkat Mirziyoevni Prezident saylovida erishgan g`alabasi bilan samimiy qutladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qozog`iston Prezidenti davlatimiz rahbarini bo`lib o`tgan Prezident saylovida yorqin g`alabaga erishgani bilan samimiy qutlab, birodar o`zbek xalqiga barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi, O`zbekiston etakchisini Nur-Sultonga tashrif bilan kelishni taklif etdi.

Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko`p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, iqtisodiy yo`nalishda kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi. Mamlakatlarimizning etakchi korxona va kompaniyalari o`rtasidagi savdo va kooperasiya aloqalari jadal sur`at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi

Boshqa yangiliklar