21 oktabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkmaniston poytaxti Ashxobodda tashkil etilgan “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, ko‘rgazma unda iliq taassurot qoldirgan. Unda san’at orqali tabiat ham mehr, g‘amxo‘rlik va ehtiromga loyiq ekani g‘oyasi aks ettirilgan.
Ijodkorlar san’at orqali muhim bir g‘oyani aks ettirgan: tabiat ham xuddi mehribon onalardek mehrga, g‘amxo‘rlik va ehtiromga loyiq. Bu tuyg‘uni, bunday munosabatni farzandlar ongiga ham singdirish juda muhim”, — deb yozdi u.
Prezident Administratsiyasi rahbari ko‘rgazma tashkilotchilarini ham tabrikladi.
;Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi xayriya jamg‘armasi hamda Haydar Aliyev jamg‘armasini ushbu ajoyib ko‘rgazmaning ochilishi bilan tabriklayman. Ezgu va ibratli tashabbus uchun rahmat!
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Ashxobodda G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti Oguljon Atabayeva hamda Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Laylo Aliyeva bilan uchrashgan edi.






