AsosiySIYOSAT

Prezident Qashqadaryoda meva-sabzavotlarni qayta korxona faoliyati bilan tanishdi

AQSh investitsiyasi asosida barpo etilgan 8,5 million dollarlik korxonada 150 ta ish o‘rni yaratilgan. Mahsulotlar Rossiya, Yevropa va MDH davlatlariga eksport qilinadi.

'Prezident Qashqadaryoda meva-sabzavotlarni qayta korxona faoliyati bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Qashqadaryo erkin iqtisodiy zonasida joylashgan Wosune Food Ingredients Karshi korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

AQShning Wosune International Inc kompaniyasi investitsiyalari hisobiga barpo etilgan korxonaning umumiy qiymati 8,5 million dollarni tashkil etadi. Bu yerda 150 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.

Korxona viloyatda yetishtiriladigan meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bu yerda xomashyodan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar tayyorlanib, tashqi bozorlarga yetkazib beriladi.

Ishlab chiqarish jarayonida sabzi, bulg‘or qalampiri, oshqovoq, olma, ko‘k piyoz, ismaloq va turli ko‘katlar konveksiyon uskunalar yordamida quritiladi. Mazkur texnologiya mahsulotlarning tabiiy ta’mi va oziqaviy xususiyatlarini saqlashga xizmat qiladi. Ishlab chiqarish jarayonining 30 foizi robotlashtirilgan.

Tayyor ingredientlar tez tayyorlanadigan taomlar, ziravorlar, konserva va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga yetkazib beriladi. Korxona mahsulotlari Rossiya, Yevropa mamlakatlari va MDH davlatlariga eksport qilinmoqda.

Kelgusida yillik eksport hajmini 40 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, xomashyo ta’minotini kengaytirish maqsadida viloyatdagi dehqon xo‘jaliklari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni va tayyor mahsulotlar bilan tanishdi.

    Boshqa yangiliklar