O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 oktyabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida Pokiston Hukumati rahbari mamlakatimiz etakchisini saylov kampaniyasi muvaffaqiyatli o`tkazilgani va Prezident saylovida ishonchli g`alabaga erishilgani bilan samimiy qutlab, do`st O`zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
O`zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri ikki tomonlama hamkorlikda barqaror rivojlanish tendensiyasi kuzatilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Joriy yil iyul oyida o`tgan Toshkent sammiti davomidagi samarali uchrashuvlar ko`p qirrali O`zbekiston-Pokiston munosabatlarini aniq mazmun bilan boyitib, strategik sheriklik darajasiga ko`tarishga xizmat qildi.
O`zaro savdo ko`rsatkichlari ortayotgani, ikki mamlakat etakchi kompaniyalarining sanoat kooperasiyasi ko`lami kengayib borayotgani alohida ta`kidlandi. Investisiya, bank-moliya, transport-kommunikasiya, gumanitar va boshqa sohalarda yangi loyiha va dasturlar ishlab chiqilmoqda.
Afg`onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi. Ushbu mamlakatda tinchlik o`rnatilishiga va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishga ko`maklashish maqsadida xalqaro sa`y-harakatlarni birlashtirish muhim ekani qayd etildi.
24.01.2023, 10:47
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...18.01.2023, 11:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...21.10.2022, 13:45
Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...13.10.2022, 11:20
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...