Samsung kompaniyasi may oyida Galaxy C brendi ostida yangi smartfonlar seriyasini namoyish etishi mumkin. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Yangi smartfonlar ingichka alyuminiydan ishlangan korpus bilan ta`minlanadi. Yangi C seriyasi haqidagi ma`lumotlar ilk marta o`tgan oyda internet nashrlarida paydo bo`lgan edi.
Ma`lumotlarga ko`ra, yangi Samsung SM-C5000 smartfoni 5,2 dyuymli ekranga ega bo`ladi. Shuningdek, u 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 617 prosessoriga, Adreno 405 grafikasiga va 4 gegabaytli ichki xotiraga ega bo`ladi. Smartfon Android 6.0.1 tizimida ishlaydi.
C5 smartfonidan tashqari yana bir C7 smartfoni ham sotuvga chiqariladi. Biroq mazkur smartfon haqida hozircha ma`lumotlar mavjud emas.